O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Farg‘ona viloyatida sayyor qabullar davom etmoqda

Joriy yilning 16 avgust kuni Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik U.A.Ismailov tomonidan Quvasoy shahri aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida jami 18 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 14 nafar fuqarolarning murojaatlari yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi hamda 4 nafar fuqarolarning murojaatlari shu erning o‘zida ijobiy hal etildi.

O‘tkazilayotgan bu kabi sayyor qabullar fuqarolar dardini tinglash va ularni qiynab kelayotgan muammolarni qisqa fursat ichida imkon qadar ijobiy hal qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Hozirda tasdiqlangan reja asosida Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik U.A.Ismailov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech