Namangan viloyatida sayyor qabullar davom etmoqda
Joriy yilning 4 sentyabr kuni Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik T.M.Mustafayev tomonidan Uchqo‘rg‘on tuman aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida jami 11 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 5 tasi joyida ijobiy hal etildi va 6 ta murojaat bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
O‘tkazilayotgan bu kabi sayyor qabullar fuqarolar dardini tinglash va ularni qiynab kelayotgan muammolarni qisqa fursat ichida imkon qadar ijobiy hal qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hozirda tasdiqlangan reja asosida Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik T.M.Mustafayev tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti