Navoiy viloyati Uchquduq tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
Joriy yilning 4 sentyabr kuni Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik O.A.Xasanov tomonidan Uchquduq tumani aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida jami 9 nafar fuqarolardan tergov faoliyati hamda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish masalalariga oid murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 6 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 3 ta murojaat bo‘yicha mualliflarga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.
Hozirgi kunda tasdiqlangan reja asosida Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik A.O.Xasanov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti