O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navoiy viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshligʼi tomonidan Navoiy viloyati Konimex tumanida sayyor qabul oʼtkazildi.

Joriy yilning 06 dekabr kuni Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari – Tergov boshqarmasi boshligʼi polkovnik O.А.Xasanov tomonidan Konimex tuman xalq qabulxonasida tuman aholisi ishtirokida sayyor qabul oʼtkazildi.

Qabul jarayonida jami 10 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan boʼlib, ulardan 6 tasi qanoatlantirildi, 3 nafar fuqarolarning murojaatlari oʼrganib chiqilib masʼul xodimlarga tegishli koʼrsatmalar berilib ijrosi nazoratga olindi va 1 ta murojaat boʼyicha tushuntirish berildi.

Shu bilan birga qabul vaqtida 16 yoshga toʼlgan 7 nafar fuqarolarga Oʼzbekiston Respublikasining fuqarolik pasportlari topshirildi, hamda Shurkul mahallasida istiqomad qiluvchi kam taʼminlangan Sh.А.ning oilasiga moddiy yordam koʼrsatildi.

Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari polkovnik O.А.Xasanov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar oʼtkazilishi davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

------------------------------------------------

Жорий йилнинг 06 декабрь куни Навоий вилояти Ички ишлар бошқармаси бошлиғининг ўринбосари – Тергов бошқармаси бошлиғи полковник О.А.Хасанов томонидан Конимех туман халқ қабулхонасида туман аҳолиси иштирокида сайёр қабул ўтказилди.

Қабул жараёнида жами 10 нафар фуқаролардан мурожаатлар келиб тушган бўлиб, улардан 6 таси қаноатлантирилди, 3 нафар фуқароларнинг мурожаатлари ўрганиб чиқилиб масъул ходимларга тегишли кўрсатмалар берилиб ижроси назоратга олинди ва 1 та мурожаат бўйича тушунтириш берилди.

Шу билан бирга қабул вақтида 16 ёшга тўлган 7 нафар фуқароларга Ўзбекистон Республикасининг фуқаролик паспортлари топширилди, ҳамда Шуркул маҳалласида истиқомад қилувчи кам таъминланган Ш.А.нинг оиласига моддий ёрдам кўрсатилди.

Бугунги кунда тасдиқланган режа асосида Навоий вилояти ички ишлар бошқармаси бошлиғининг ўринбосари полковник О.А.Хасанов томонидан вилоятнинг барча шаҳар ва туманларида сайёр қабуллар ўтказилиши давом этмоқда.

Ўзбекистон Республикаси ИИВ ҳузуридаги Тергов департаменти

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech