Qashqadaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan joriy yilning 11 oyi davomida viktimalogik xususiyatga ega bo‘lgan mulkiy turdagi jinoyatlarni tergov qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar va ularning profilaktikasi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, shahar-tuman IIB tergovchi va surishtiruvchilari hamda viloyat Axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi, mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Matbuot anjumanida jurnalistlar firibgarlik, tovlamachilik, o‘g‘rlik jinoyatlari, ijtimoiy sohalar, fuqarolarning murojaatlari hamda jurnalistlarning axborot olish sohasidagi huquq va majburiyatlari, jurnalist tekshiruvining huquqiy asoslari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamenti
------------------------
Қашқадарё вилояти ИИБ ҳузуридаги Тергов бошқармаси томонидан жорий йилнинг 11 ойи давомида виктималогик хусусиятга эга бўлган мулкий турдаги жиноятларни тергов қилиш соҳасида амалга оширилган ишлар ва уларнинг профилактикаси юзасидан матбуот анжумани бўлиб ўтди. Унда вилоят ИИБ ҳузуридаги Тергов бошқармаси, шаҳар-туман ИИБ терговчи ва суриштирувчилари ҳамда вилоят Ахборот ва оммавий коммуникасиялар бошқармаси, маҳаллий оммавий ахборот воситалари вакиллари иштирок этдилар.
Матбуот анжуманида журналистлар фирибгарлик, товламачилик, ўғрлик жиноятлари, ижтимоий соҳалар, фуқароларнинг мурожаатлари ҳамда журналистларнинг ахборот олиш соҳасидаги ҳуқуқ ва мажбуриятлари, журналист текширувининг ҳуқуқий асослари бўйича ўзларини қизиқтирган саволларига жавоблар олдилар.
Ўзбекистон Республикаси ИИВ ҳузуридаги Тергов департаменти