Andijondagi gaz quyish shahobchasidagi portlashning tafsilotlari
Avval xabar qilganimizdek, 2020 yilning 25 fevral' kuni taxminan soat 10:10 larda Xo‘jaobod tumanida avtomobillarga gaz quyish shahobchasida 32 yoshli Sh.O.,ning boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasida portlash yuz bergan.
Portlash natijasida shahobcha ishchisi A.K. jarohatlangan bo‘lib unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, boshqa hech kim jarohatlanmagan. Shuningdek, portlashda 6 ta avtomashina turli darajada shikastlangan.
Tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, gaz quyayotgan ushbu avtomashinaga o‘rnatilgan 100 litr hajmdagi 2012 yilda ishlab chiqarilgan gaz balonda portlash yuzaga kelgan. Shuningdek, gaz uskunasi avtomashinaga 2018 yilda o‘rnatilgan, qolaversa uning seriya raqamlari gaz uskunasini qayd etish hujjatlariga mos kelmasligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti