Namangan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida amalga oshirilayotgan islohotlar
Bugungi kunda ichki ishlar organlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash va xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasida bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “25 oktabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni”da Namangan viloyat Ichki ishlar boshqarmasining yangi zamonaviy binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Mazkur tadbirda viloyat hokimi, ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati va ichki ishlar organlari faxriylari ishtirok etishdi.
Foydalanishga topshirilgan yangi xizmat xonalari zamon talablariga to‘la mos keladigan jihozlar bilan ta’minlagan. Xususan, Tergov boshqarmasida so‘roq jarayonini stenografiya qilish, videokuzatuv, shuningdek tergov harakatlarini audio va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonalar tashkil qilingan bo‘lib, yaratilayotgan bu kabi sharoitlar jinoyatlarni tez va to‘la fosh etish, jinoyat ishlarini sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilish samaradorligini hamda xodimlarning o‘z kasbiga bo‘lgan mehrini yanada oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti