O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamenti rahbariyati tomonidan Navoiyda ona 3 oylik farzandini ikki xonalik uyga almashtirayotgani holati yuzasidan qoʼzgʼatilgan jinoyat ishi alohida nazoratga olindi

2020 yilning 23 may kuni soat 17:30 da Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir jarayonida, fuqaro Z.U., (ayol) gʼarazgoʼylik yoki boshqa past niyatlarni koʼzlab, uch oylik farzandini sotib boylik orttirish maqsadida, bolakayni 25.000 АQSh dollari qiymatiga teng boʼlgan, Navoiy shahri hududidan ikki xonali xonadonga almashtirish uchun M.Gʼ., bilan oʼzaro kelishib, Karmana tumani hududida joylashgan “Qosimshayx” jome masjidi binosi oldida M.Gʼ., dan Navoiy shahar Navoiy koʼchasida joylashgan xonadonning kadastr hujjatlarini olib, bolakayni M.Gʼ., ga berayotgan vaqtida ushlanib, undan ikki xonali xonadonga tegishli boʼlgan kadastr hujjatlari ashyoviy dalil tariqasida xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.
Holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.
Dastlabki tergov jarayonida Z.U., gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib huquqlari advokat ishtirokida tushuntirildi, biroq gumonlanuvchi himoyachi xizmatidan voz kechishini maʼlum qildi va soʼroq qilindi.
Mazkur jinoyat ishi Tergov departamenti rahbariyati tomonidan alohida nazoratga olindi, jinoyat ishi yakuniga koʼra qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech