O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirokida sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda xodimlarning xizmat faoliyati davomida erishgan ijobiy natijalari, tergov ko‘rsatkichlari, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilgan shart-sharoitlar xususida so‘z bordi. Shuningdek, o‘tgan davrda ushbu yo‘nalishlarning faoliyatlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi.

Yig‘ilish davomida barcha shahar-tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limlariga kompyuter jamlanmasi va printerlar tarqatildi.

Shuningdek ijobiy ko‘rsatgichlarga erishib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlar viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining faxriy yorliqlari va pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech