Navoiy shahri aholisi bilan navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 22 aprel kuni Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Sharipov rahbarligida, Navoiy shahrining Xalq qabulxonasida shahar aholisi uchun surishtiruv, dastlabki tergov hamda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida jami 14 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Jumladan, murojaatlarning 8 tasi joyida ijobiy hal qilindi, 3 ta murojaat yurituvga olinib, tekshirib ko‘rish maqsadida vakolatli xodimlarga topshiriqlar yuklatildi, 3 nafar fuqarolarning murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti