Sirdaryo viloyatida dahshatli YTH yuz berdi. 5 kishi vafot etgan.
2020 yil 01 fevral kuni taxminan soat 08:30 larda 19 yoshli Sh.B., o‘zining boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasida, Guliston shahar 4-mavze Guliston ko‘chasi bo‘ylab o‘tgan avtomobil' yo‘lida “Guliston-Zarbdor” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotganida, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga o‘tib ketib, fuqaro 21 yoshli S.M.,ning boshqaruvida bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
Natijada “Damas” rusumli avtomashina haydovchisi S.M., yo‘lovchilari 55 yoshli Sh.A., 27 yoshli D.E., 28 yoshli M.S.lar hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etganlar. Yana 3 nafar shaxs shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek 24 yoshli S.A.,ga ko‘rsatilgan tibbiy yordamiga qaramay, shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodekining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Tergov departamenti halok bo‘lganlarning oila a'zolariga hamdardlik bildiradi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti