O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navoiy shahridagi 4 qavatli savdo majmuasida yong‘in vujudga keldi.

Navoiy. 2020 yil 16 yanvar kuni soat taxminan 21:15da Navoiy shahridagi 4 qavatdan iborat bo‘lgan Navoiy savdo kompleksining 4-qavatida yong‘in kelib chiqqan. Natijada 150 kv.m. bo‘lgan 6 ta kiyim kechak savdo do‘koni yonib yaroqsiz xolga kelgan, 14 ta savdo do‘koni esa zararlangan. Tan jarohati olgan fuqarolar va qurbonlar yo‘q.

Hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda.

Yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma'lumot beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech