Аholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida Toshkent shahrida maxsus huquqiy maslahatxonalar tashkil etildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 09 yanvar kungi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʼgʼrisida”gi PF-5618-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent shahar IIBB boshligʼi bilan Toshkent shahar hokimi tomonidan 2019 yilning 20 may kuni 27/1-375-04-306-sonli “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish va aholi oʼrtasida huquqiy-profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan” hamkorlikda qoʼshma koʼrsatmasi ishlab chiqilgan boʼlib, bunda mahalla guzarlari, yirik bozorlarning maʼmuriy binosida “Huquqiy maslahatxona” tashkil etilishi belgilanligi munosabati bilan Toshkent shahri hududidagi mahallalar, aholi gavjum joylar va bozor hududlarida jami 89 ta huquqiy maslahatxonalar tashkil etildi.
Ushbu maslahatxonalar kerakli huquqiy adabiyotlar bilan taʼminlanib, haftaning seshanba kunlari Tergov tizimida xizmat qilayotgan tajribali huquqshunos xodimlar tomonidan fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularga jinoiy, maʼmuriy, fuqarolik ishlari boʼyicha bepul huquqiy maslahatlar berib, turli koʼrinishdagi jinoyat va huquqbuzarliklarni qurboni boʼlib qolmasliklari hamda ortiqcha sarf-harajat va vaqt sarflamasliklariga asosiy eʼtibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan, Toshkent shahri hududidagi barcha fuqarolar oʼzlariga yaqin boʼlgan mahalla markazlarida tashkil etilgan “Huquqiy maslahatxona”ga borib, malakali huquqshunos xodimlardan bepul huquqiy maslahat olishlari mumkinligini maʼlum qilamiz.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.