O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jizzaxdagi gaz quyish shahobchasida portlash yuz berdi.

2020 yil 16 yanvar kuni taxminan soat 11:30 larda, Zarbdor tumani Yangihayot mahallasida joylashgan “Gaz manbai” MChJga qarashli avtomobillarga suyultirilgan gaz (propan) quyish shahobchasida ta'mirlash-payvandlash ishlari olib borilayotganida kelib chiqqan chaqnash oqibatida portlash yuz bergan.

Natijada mazkur MChJ ishchilaridan fuqaro 40 yoshli Sh.A. hodisa joyida vafot etgan, 44 yoshli E.I. esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, portlashning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma'lumot beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech