Video tasvirni taqdim qilmaslik uchun 15.000.000 sum talab qilindi...
Samarqand. 34 yoshli B.X., Paxtachi tumanida yashovchi tanishi 30 yoshli O.А., ning moddiy tomondan yaxshi taʼminlanganligidan foydalanib, joriy yilning 22 fevral kuni yoʼl transport xodisasini sodir qilganli uchun foydalanib, undan tovlamachilik yoʼli bilan moddiy qimmatliklar olish rejasini tuzib, shu maqsadda fuqaro 38 yoshli K.А. (ayol) bilan oldindan jinoiy til biriktirib, K.А., ni yoʼl transport xodisasi natijasida vafot etgan marxumning onasi sifatida tanishtirib, boʼlishi kutilayotgan sud majlisi jarayonida qamoqqa olinishini soʼrab daʼvo qilishini, qamoqqa olish uchun yetarli dalillari, jumladan sodir boʼlgan yoʼl transport xodisasi jarayoni yozilgan video tasvir mavjudligini, ushbu video tasvirni tarqatib yuborish bilan qoʼrqitib, joriy yilning 07 aprel kuni fuqaro O.А., dan 15.000.000 soʼm pullarni olayotgan vaqtida, tuman IIB xodimlari tomonidan B.X. va K.А. lar ushlanib, ashyoviy dalillar tegishli tartibda xujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
K.А. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingaan, B.X., ga esa tegishli modda bilan ayb eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi extiyot chorasi qoʼllanilgan. Hozirdaa dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti