O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oʼlimga olib kelgan janjal – payhon ortidan kelib chiqdi

Buxoro. Joriy yilning 28 mart kuni soat 17:30 da Qorakoʼl tumani Oʼtiq-Doʼrman qishlogʼida yashovchi, 28 yoshli B.D. “Shohjaxon chorva zamini” fermer xoʼjaligiga qarashli choʼl hududida oʼzaro janjal oqibatida hamqishlogʼi, 58 yoshli N.X., ning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

Natijada N.X. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va koʼrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 6 aprel kuni shu yerda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qorakoʼl tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam oʼlimiga sabab boʼlgan badanga qasddan ogʼir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, janjal, gumonlanuvchi N.X., ga tegishli boʼlgan qoʼy podasi, B.D., ning beda oʼtlari ekin maydoniga kirib payxon qilganligi sabab boʼlgan.

Jinoyat ishi boʼyicha B.D. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va oʼrnatilgan tartibda ushlangan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech