O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Velosiped boshqarib ketayotgan shaxs YTH oqibatida vafot etdi

Samarqand. 2020 yilning 10 aprel kuni soat 21:00 da Samarqand tuman "Yangijoy" mahallasi hududidan oʼtuvchi "Yangijoy-Gulobod" avtomobil yoʼlida haydovchi 28 yoshli А.G. boʼlgan “Nexia” rusumli avtomashinasini avtomobil yoʼlining "Yangijoy-Gulobod" yoʼnalishida boshqarib borib, oʼzining harakat yoʼnalishidan velosipedda harakatlanib borayotgan 45 yoshli O.U., ni orqa tomonidan urib yuborib yoʼl transport hodisasini sodir etgan.

Natijada O.U. olgan tan jarohati natijasida hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand  tuman IIB  huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʼlishiga sabab boʼlgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi  qoʼzgʼatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov deppartamenti

Text to speech