O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Haqorat qilish o‘lim bilan yakunlandi

Buxoro viloyati. 2022 yil 28 yanvar kuni soat 02:30larda 31 yoshli J.J., Kogon tuman Jomard qishlog‘i 71-uy oldidan o‘tgan ichki yo‘lda 21 yoshli I.A. bilan uchrashib, o‘zaro bo‘lgan kelishmovchiliklar oqibatida janjallashib qolib, natijada J.J. fuqaro I.A.,ni bosh va yuz sohalariga qo‘li bilan urib, I.A.,ga og‘ir tan jarohati yetkazib, hodisa bo‘lgan joyidan yashiringan.

Natijada I.A. olgan tan jarohatlari bilan RSHTYOIM Buxoro filiali jonlantirish bo‘limiga yotqizilib va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan u vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan J.J.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “g” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, jinoyatning kelib chiqishning sababi J.J. bir kun oldin mast holda bo‘la turib, jabrlanuvchi bilan telefon orqali bir-birlarini haqorat qilishib, so‘ngra yuqorida ko‘rsatilgan manzilda uchrashgan va natijada J.J. jabrlanuvchiga og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech