Buxoroda yuk va yengil avtomashinlari YTHga uchradi, qurbonlar bor
Buxoro. 2020 yilning 31 may kuni soat 17:30 da haydovchi 24 yoshli Sh.X., boshqaruvida bo‘lgan «Lacetti» rusumli avtomashinani «G‘uzor- Beyneu» yo‘nalishidagi A-380 yo‘lining Jondor tumani “Luqmon” Gazli cho‘l hududidan o‘tuvchi asfal't yo‘ldan boshqarib ketayotib, ushbu yo‘lning 301-kilometriga yetganida, o‘ziga nisbatan yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishidan harakatlanib kelayotgan 46 yoshli D.Sh. boshqaruvida bo‘lgan “MAN” rusumli yak avtomashinasini old qismiga borib urilib, yo‘l transport hodisasi sodir qilgan.
Oqibatda «Lacetti» rusumli avtomashina haydovchisi Sh.X. va ushbu avtomashina old yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi 48 yoshli T.Q. og‘ir tan jarohatlari olib, hodisa joyda vafot etgan.
Holat yuzasidan Jondor tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari Buxoro viloyati IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.
Xurmatli haydovchilar transport vositasini boshqarayotgan vaqtda xushyor bo‘lishingizni va amaldagi “Yo‘l harakati qoidalari”ga qat'iy rioya qilishingizni so‘raymiz.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti