O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Firibgarlik yo‘li bilan avtomashinalarni ko‘lga kiritib yurgan shaxsni kirdikorlari fosh bo‘ldi

Namangan viloyati. 2020-yil fevral oyida 33 yoshli A.Yo. o‘zganing mol-mulkini firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida Namangan tumani Turkiston ko‘chasida yashovchi 42 yoshli E.B.,ning ishonchiga kirib, unga 2011 yilda ishlab chiqarilgan “Nexia-2” rusumli avtomashinasi olib berishni vaʼda qilib, 2020 yil may oyida uning “Nexia-2” rusumli avtomashinasini olib, ushbu avtomashinani Namangan shahar, Zarbdor MFYda yashovchi Z.H.,ga 3.000 AQSH dollariga sotib yuborib, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, A.Yo. o‘zganing mol-mulkini firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida 2020 yil may oyida o‘zining jinoiy harakatini davom ettirib, Namangan tumani Bo‘ston-2 ko‘chasida yashovchi 42 yoshli Q.J.,ning ishonchiga kirib, undan “Spark” rusumli avtomashinasini 6.000 AQSH dollariga sotib olishga kelishib, pullarni ikki oy davomida berishga vaʼda berib, ushbu avtomashinani olib, boshqa shaxslarga sotib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.Yo.,ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda A.Yo.,ning boshqa shu kabi jinoyatlarga aloqadorligi tergov harakatlari orqali aniqlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech