Mushtumzo‘rlik bilan boshlangan janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi.
Buxoro viloyati. 2020 yilning 16 mart kuni soat 17:30 da Jondor tumani “Arabxona” qishlog‘ida 29 yoshli D.Ch., yashash uyini oldida hamqishlog‘i 31 yoshli J.S., bilan o‘zaro tortishib J.S. undan nima sababdan ukasi B.S.,ni urganligi haqida so‘rab, yuz qismiga ikki murotaba mushti bilan urganligi natijasida o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida D.Ch., yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan J.S.,ga og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Natijada J.S., tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jondor tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, D.Ch., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.