Yosh yigit oʼzidan 30 yosh katta mahalladoshini urib qoʼydi, erkak kishi vafot etdi
Samarqand. 2020 yil 11 iyun kunidan 12 iyunь kuniga oʼtar kechasi soat 01:30 da Samarqand tumani “Yangiariq” mahalla fuqarolar yigʼini hududida 52 yoshli T.B. va 22 yoshli M.S.,lar oʼrtasida kelib chiqqan oʼzaro kelishmovchilik natijasida, M.S., fuqaro T.B.,ni yuz sohasiga qoʼllari bilan urib tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.
Natijada, T.B., Samarqand tumani tibbiyot birlashmasi jonlantirish boʼlimiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan fuqaro M.S.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Jinoyat ishi boʼyicha M.S., JKning 104-moddasi 2-qismi “e” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.
Fuqaro T.B., shifokorlar tomonidan koʼrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramsdan 2020 yil 22 iyun kuni shifoxonada vafot etgan. Jinoyat ishi esa JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga qayta malakalangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti