Qiziriq tumanida mutxish YTH, qurbonlar bor
Surxondaryo. 2020 yilning 29 iyun kuni soat 23:30 da haydovchi 31 yoshli Z.T. boshqaruvidagi «Malibu» rusumli avtomashinasini Qiziriq tumani «Zarbdor» mahallasi hududidan oʼtuvchi 4R 100 avtomobil yoʼlining 81 kilometrida Bandixon-Qiziriq tumani yoʼnalishida harakatlanib, qarama-qarshi yoʼnalishdan harakatlanib kelayotgan 56 yoshli Oʼ.X., ning boshqaruvida boʼlgan “VАZ 2101” rusumli avtomashinaning harakat yoʼnalishiga chiqib ketishi oqibatida, avtomashinaning old oʼng tomoni bilan “VАZ 2101” rusumli avtomashinaning old chap tomoni bilan toʼqnashib, yoʼl transport hodisasini sodir etgan.
Natijada “VАZ 2101” rusumli avtomashinada yongʼin chiqib, haydovchi Oʼ.X. va old oʼrindigʼida yoʼlovchi sifatida ketayotgan 50 yoshli А.J., lar yongʼin natijasida avtomashina salonida qolib ketib, hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qiziriq tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar oʼlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli yoʼl harakati ishtirokchilari transport vositasini boshqarayotgandingizda amaldagi “Yoʼl harakatlari qoidalari” ga rioya qilishingizni soʼraymiz, oʼzingiz va boshqalarning hayotiga befarq boʼlmang.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti