O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Quruvchi niqobi ostidagi firibgar

Buxoro. 45 yoshli J.S., Romitan tumanida yashovchi, 32 yoshli E.E.,ning ishonchiga kirib, unga quruvchilik faoliyati bilan shugʼullanishini, Buxoro shahri hududida koʼp qavatli uylar qurayotganligini aytib, undan 2019 yilning iyunь oyidan avgust oyiga qadar boʼlgan vaqt oraligʼida, Romitan tumanida joylashgan E.E.,ga tegishli savdo doʼkoniga kelib, jami 182.500.000 soʼmlik metall mahsulotlarini olib, ushbu metall mahsulotlarni pulini bermasdan, boshqa shaxslarga sotib, pullarni oʼzining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. J.S., shu modda bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech