O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Takroran transport vositasini olib qochgan voyaga yetmagan shaxsga hukm o‘qildi.

Samarqand. 2019 yilning 23 oktyabr' kuni taxminan soat 10:30 larda voyaga yetmagan 17 yoshli D.H. Urgut shahri “Mergancha” mahallasi hududidagi avtoturargohda fuqaro F.N.ga tegishli oq rangli “Nexia-3” rusumli avtomashinasi qarorsiz qoldirilganligidan foydalanib, avtomashinani o‘t oldirish joyida qoldirilgan kalit yordamida yurg‘izib, transport vositasini olib qochgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, 2019 yilning 24 oktyabr' kuni voyaga yetmagan Dilmurod H. Kattaqo‘rg‘on shahridagi dehqon bozori oldida avtomashinani boshqarib borayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov jaryonida Dilmurod H. avval ham xuddi shunday jinoyatni sodir etgani uchun sudlanganligi aniqlanib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “a” bandi (xavfli residivist tomonidan transport vositasini olib qochish) bilan ayblov e'lon qilingan hamda “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov yakuniga ko‘ra, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudlov muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari buyicha Urgut tuman sudining hukmiga ko‘ra, fuqaro Dilmurod H. aybdor deb topilib, unga 5 (besh) yil 6 (olti) oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech