Voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyat fosh qilindi.
Samarqand. 2020 yil 28 yanvar kuni 36 yoshli N.R. Kattaqoʼrgʼon shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yil 01 yanvar kunidan 28 yanvar kuniga qadar boʼlgan vaqt oraligʼida, nomaʼlum shaxs uning “Damariq” mahallasida joylashgan uyiga gʼayriqonuniy ravishda kirib,umumiy miqdori 18.200.000 soʼmlik har xil turdagi qimmatbaho buyumlarini yarishin ravishda oʼgʼirlab ketganligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Kattaqoʼrgʼon shahar IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (uy-joyga gʼayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni voyaga yetmagan 16 yoshli R.K. sodir etganligi aniqlangan va undan ayrim qimmatbaho buyumlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Voyaga yetmagan R.K. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti