Transport vositasini olib qochish sabablari o‘rganilmoqda
Namangan viloyati. 2022 yil 12 noyabr kuni soat 22:30larda Pop tumanida yashovchi 42 yoshli D.D. Namangan viloyati IIBning “102” raqamiga murojaat qilib, unga tegishli bo‘lgan “Nexia-2” rusumli avtomashinasini shu kuni kuni soat 21:30larda nomaʼlum shaxs Pop tumanida joylashgan “Do‘stlar” choyxonasi oldida qarovsiz holatda qoldirib ketganligidan foydalanib, avtomashinani kalit tanlash yo‘li bilan ochib, olib qochib ketganligini maʼlum qilib, ushbu nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni va yuk mashinasini topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlar natijasida jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan “Nexia-2” rusumli avtomashina Pop tumanida yashovchi 25 yoshli A.A. tomonidan olib qochilganligi, keyinchalik esa ushbu avtomashina u tomonidan Pop tumani “Qo‘shminor” MFY hududida joylashgan dala maydoni chetidan qoldirib ketilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 2-qismi “g” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda yuqoridagi shaxs nima sababdan ushbu jinoyatga qo‘l urganligi aniqlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti