Saboqni noqonuniy yo‘lini tanlagan er
Namangan viloyati. Namangan tumani Qo‘rg‘oncha-2 ko‘chasida yashovchi 34 yoshli T.X. ichki ishlar organlarining “102” qisqa raqamiga murojaat qilib, unda joriy yilning 13 fevral kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs uning yashash xonadoniga devor oshish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidagi yotoq divani ostida saqlayotgan 6 mln. so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan dastlabki tergov davomida, ushbu jinoyatni hech kim sodir etmaganligi, aksincha uni xonadon egasi T.X. reja asosida qasddan o‘zi uyushtirganligi, bunga sabab qilib, birga yashovchi turmush o‘rtog‘i uning ruxsatisiz pullarini olib qo‘yayotganligi uchun uni qo‘rqitib qo‘ymoqchi bo‘lib IIBga yolg‘on xabar berganligi aniqlangan.
Mazkur jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandidan 237-moddasi 1-qismi (yolg‘on xabar berish)ga qayta malakalanib, shu kuning o‘zidayoq T.X. gumonlanuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti