Sinfdoshning ko‘rakda turmaydigan gaplari
Namangan viloyati. 2022 yil 30 yanvar kuni tungi soat 22:00 larda 35 yoshli J.I. mast holatda bo‘la turib, sinfdoshi 35 yoshli N.D.,ning Uychi tuman Xamzabod ko‘chasida joylashgan uyini oldiga borib, uni uydan chaqirib, janjallashib, janjal vaqtida N.D. boshi bilan J.I.,ning yuziga urgan vaqtida, J.I. o‘zida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan N.D.,ning chap yonbosh qorin sohasiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazib hodisa joyidan yashiringan.
Tuman tibbiyot birlashmasining birlamchi tibbiy maʼlumotnomasiga ko‘ra N.D.,ni “chap yonbosh sohasidan qorin bo‘shlig‘iga kirib boruvchi kesilgan sanchilgan jarohati” borligi, ushbu jarohat hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir turdagi jarohat ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Mazkur holat yuzasidan Uychi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan J.I.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, J.I. protsessual tartibida ushlangan.
Tergov davomida, jinoyatning kelib chiqish sababi aniqlanganda, ushbu kuni gumonlanuvchi, jabrlanuvchi hamda ularning yana 7 nafar sinfdoshlari Oqtosh” MFY hududida joylashgan kafelarning birida spirtli ichimliklar isteʼmol qilib o‘tirishganligi, shu vaqtda N.D. sinfdoshi J.I.,ni shaxsiyatiga tegib, haqorat qilganligi, “o‘tirish” tugaganidan so‘ng J.I. sinfdoshi N.D.,ning uyiga borib yuqoridagi holatni vujudga keltirganligi maʼlum bo‘ldi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti