Janjalni ajratgan shaxs ham kaltaklandi
Buxoro. 2020 yilning 26 iyunь kuni soat 15:00 da 30 yoshli N.R., jamoat joyi hisoblangan Buxoro shahrida joylashgan “Perinatal” markazi oldida kuyovi J.S., bilan oʼzaro oldindan boʼlgan kelishmovchiliklar zamirida janjallashib turgan vaqtida, ularni ajratish uchun kelgan fukaro N.R., ni (ayol) qoʼllari bilan urib-doʼpposlab, oʼrtacha ogʼir tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahri buyicha IIO FMB 1-son IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti