O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Tungi yog‘du”da “baxt” ulashayotgan kazino

Namangan viloyati. 2022 yilning 27 yanvar kuni Namangan viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida 47 yoshli Yu.I. Uchqo‘rg‘on tumani Ko‘prikboshi ko‘chasida joylashgan “Tungi yog‘du” oshxonasining yerto‘lasini tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar o‘tkazish maqsadida qimor o‘yinlari o‘ynash uchun stol-stullar, karton qog‘oz yordamida o‘yin kartalari, temir va yog‘ochdan “o‘yin baraban” idishi, latta materialdan o‘yin qopchasi bilan jihozlab, oq va qora rangli sharchalarni 1 dan 90 gacha tartib bilan raqamlagan holda, o‘yin kartalarini fuqarolarga 5.000 so‘mdan sotib, “Baxtli voqea” qimor o‘yinlarini qonunga xilof ravishda tashkil etganligi aniqlangan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Yu.I. tomonidan noqonuniy tashkil etilgan tavakkalchilikka asoslangan “Baxtli voqea” qimor o‘yinida 15 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etayotganliklari, shuningdek o‘yinga tikilgan 673.000 so‘m pul mablag‘lari, yuqorida sanab o‘tilgan jihozlar aniqlanib, tegishli tartibda protsessual rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Yu.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech