Choyxonaga borgan shaxsning yonidan giyohvandlik vositasi topildi
Jizzax. 2020 yil 23 iyun kuni soat 21:30 da Gʼallaorol tumani Sarbozor MFY hududida joylashgan “Mingchinor” choyxonasida IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan “Qora dori-2020” tadbiri jarayonida 27 yoshli M.N., uch dona polietilen paketga solingan yashil rangli, oʼziga xos oʼtkir hidli, quritilgan xoldagi oʼsimlikni 4 mln. soʼmga sotgan vaqtida ushlanib, undan 4 mln. soʼm pul hamda uch dona polietilen paketdagi oʼsimliklar xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida M.N., mazkur oʼsimlikni togʼasi 59 yoshli M.Q., dan sotib olganligini maʼlum qilgan.
Ushbu olingan maʼlumotga asosan IIB xodimlari tomonidan fuqaro M.Q., ning xonadoni koʼzdan kechirilganida uyning yuvinish xonasidan uch dona polietilen paketga solingan yashil rangli oʼziga xos oʼtkir hidli, quritilgan xoldagi oʼsimliklar topilib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.
Sud-kimyoviy ekspertiza xulosasida, M.N., dan olingan oʼsimlik moddalari “opiy” guruhiga mansub boʼlgan vazni 1792 grammni tashkil qilgan “koʼknor somoni” ekanligi M.Q., ning xonadonidan olingan oʼsimlik moddalari “opiy” guruhiga mansub boʼlgan vazni 1938 grammni tashkil qilgan “koʼknor somoni” ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Gʼallaorol tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan M.N. va M.Q., larga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, ular gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti