O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yangiqo‘rg‘onda ichkilik oqibatida janjal kelib chiqdi.

Namangan. 2020 yilning 26 yanvar kuni taxminan soat 22:30 larda Yangiqo‘rg‘on tumani Qayroqi mahallasida 29 yoshli D.A. spirtli ichimlik ta'sirida qo‘shnisi 28 yoshli U.A. bilan o‘zaro janjallashib qolishib, qo‘lidagi yog‘och bo‘lagi bilan U.A.ni bosh qismiga urib tan jarohati yetkazgan.

O‘tkazilgan sudga oid tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, U.A.ga nisbatan “og‘ir” tan jarohatlari yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va D.A. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech