Namanganda avtomashinasini ochiq qoldirgan toshkentlik mehmonni pullarini o‘g‘irlashdi.
Namangan. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro G‘.P., 2020 yil 06 mart kuni Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 12:30 da Namangan shahar A.Rahimov ko‘chasida o‘ziga tegishli bo‘lgan “Malibu-2” rusumli avtomashinasini ochiq holatda qoldirib ketganligidan foydalanib, noma'lum shaxs avtomashina salonidagi narxi 300.000 so‘mlik “Samsung” rusumli uyali telefoni apparati va jami 5.200 AQSh dollari pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.
Holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB 2-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan tumanida yashovchi 28 yoshli K.R., sodir etganligi aniqlangan.
Dastlabki tergov jarayonida K.R., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, undan 4.000 AQSh dollari, 405.000 so‘m pullar va “Samsung” rusumli uyali aloqa vositasi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti