467 tupdan iborat “ko‘knor” ekni aniqlandi
Buxoro. 2020 yil 20 aprel' kuni Qorako‘l tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qorako‘l tumani “Darg‘ali” qishlog‘ida yashovchi fuqaro F.T. (ayol), ning ekin maydonidan 467 tup “ko‘knor” giyohvandlik o‘simliklarini o‘stirib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan va o‘simliklar tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Holat yuzasidan Qorako‘l tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti