Fuqarolarni koʼp miqdordagi pulga aldagan ayollar
Namangan. 2019 yilning noyabr oyidan dekabr oyigacha boʼlgan vaqt oraligʼida Toʼraqoʼrgʼon tumanida 34 yoshli А.O. va 41 yoshli U.X., lar oldindan jinoiy til biriktirib, 10 nafar fuqarolarga kredit olib berishni vaʼda qilib, aldab ularning nomlariga ish haqi toʼgʼrisida soxta maʼlumotnoma tayyorlab, 10 nafar fuqaroning nomiga jami boʼlib 134.033.396 soʼmlik maishiy texnika vositalarini qoʼlga kiritib, ushbu texnika vositalarini sotib yuborib, pullarini oʼzlarining shaxsiy ehtiyojlari yoʼlida ishlatib yuborganlar.
Mazkur holat yuzasidan Toʼraqoʼrgʼon tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi (hujjatlarni qalbakillashtirish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan, yetkazilgan zararni undirish choralari koʼrilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.