Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
Joriy yilning 15 avgust kuni Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik X.N.Atanazarov tomonidan Chiroqchi tumani aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida jami 43 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 22 tasi qanoatlantirildi, 15 tasi bo‘yicha tekshiruv natijasiga ko‘ra qaror qabul qilinishi tushuntirildi va ichki ishlar organlariga taalluqli bo‘lmagan 6 ta murojaat tegishli idoralarga yuborildi.
Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik X.N.Atanazarov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti