Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi 2018 yil 4 avgustdagi PQ-3898-son Qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2018 yil 28 noyabrdagi kengaytirilgan tarkibda o’tkazilgan yig’ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2019 yil 15 iyuldagi ““Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovini tashkil etish va o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qo‘shma qaroriga asosan 2019 yil 27 iyul kuni Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida boshqarma hamda uning hududiy bo‘linmalarida xizmat qilayotgan 30 yoshdan oshmagan xodimlar ishtirokida “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi.
“Temur tuzuklari” asaridan tayyorlangan test sinovlari natijalariga ko’ra, Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi katta tergovchisi kapitan Turdiboyev Bekzod Dilmurodovich faxrli birinchi o‘rinni egallab, birinchi darajali diplom va qimmatbaxo sovg’alar bilan taqdirlandi hamda keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.