O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ijtimoiy tarmoqlarda “Navoiyda Samosud” nomi ostida tarqalgan video yozuv yuzasidan

2020 yil 07 oktyabr kuni “Telegram” messenjeri orqali fuqaroni bo‘yin va qul qismlarini arqon bilan bog‘lagan hamda fuqaroga tan jarohati yetkazish alomatlari mavjud ko‘rinishda traktor tirkamasida majburiy ravishda olib ketayotganligi aks etgan video tarqalgan. Holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davrida qo‘yidagilar aniqlangan:

Jumladan, yilning 03 oktyabr kuni soat 10:30 da Navoiy viloyati Qiziltepa tumani “Yangi hayot” MFY hududida joylashgan  fermer xo‘jaligi yer maydonida ushbu fermer xo‘jalik ishchisi bo‘lgan 32-yoshli S.Sh. spirtli ichimlik isteʼmol qilib mast holda fermer xo‘jaligi rahbari 26-yoshli J.N.,ni shaʼni va qadr qimmatini kamsituvchi  har xil qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlagan. Fermer xo‘jaligi rahbari J.N. hamda ishchisi  S.Sh.,ni yuzi va tanasini turli joylariga urib, tepgan holda jarohat yetkazib, bo‘yindan arqon bilan bog‘lab, qo‘shni fermer xo‘jaligi traktorchisi fuqaro 28-yoshli S.N. bilan birgalikda uning traktorida fuqaro S.Sh.,ni fermer xo‘jalikning dala shiyponiga olib borib, qiynoqqa solib daraxtga bog‘lab, tashlab ketganliklari aniqlangan.

O‘z navbatida ushbu kuni bo‘lgan holatni J.N., o‘zining qo‘l telefoniga video tasvirga olib tanishi T.R.ga “Telegram” messenjeri orqali yuborgan T.R. ushbu videoni Qiziltepa tumanidagi tanishlariga yuborganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, 2020 yil 04 oktyabr kuni fuqaro S.Sh. fermer xo‘jaligi rahbari J.N.,ning Qiziltepa tumani “AzizabodMFYdagi yashash xonadoniga bir kun oldingi holatga oydinlik kiritish maqsadida borganida fermer xo‘jaligi rahbarining otasi 52-yoshli N.V., o‘zaro vujudga kelgan tortishuvdan so‘ng S.Sh.,ni yashash xonadoniga olib kirib tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qiziltepa tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) va 138 moddasi 1-qismi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Surishtiruv davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 1891-moddasi va Jinoyat kodeksining 1301-moddalarida ko‘rsatilgan “Zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish” kabi maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.  

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech